Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv ular mijozlarining Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kredit tashkilotida ochilgan hisobvaragʻidagi pul mablagʻlariga qaratilishi mumkin emas. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv ular mijozlarining tegishli reyestr yuritish tizimidagi shaxsiy hisobvaraqlarida hamda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan ochilgan depo hisobvaraqlarida saqlanayotgan qimmatli qogʻozlariga qaratilishi mumkin emas.