Surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida xatlangan va olib qoʻyilgan, shu jumladan fuqaroviy javobgar tomonidan kiritilgan yoxud jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mablagʻlar sifatida olib qoʻyilgan, shuningdek ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan garov sifatida kiritilgan pul mablagʻlari sud tomonidan ijro hujjati berilgan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay sudning tegishli qarori talablarini ijro etishga qaratilishi kerak. Davlat ijrochisining ish yuritishida boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlariga yoki sudga mazkur organlarning depozit hisobvaragʻida vaqtincha saqlanayotgan pul mablagʻlarini uch kunlik muddat ichida Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaragʻida vaqtincha turgan pul mablagʻlarini ijro hujjati talablariga muvofiq keyinchalik taqsimlash uchun Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻiga inkasso topshiriqnomasi orqali nizosiz tartibda hisobdan chiqarishi shart.