Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 48-7-modda. Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilotlarining pul mablagʻlariga qaratish xususiyatlari

Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilotlarining pul mablagʻlariga qaratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining, budjet tashkilotlarining mablagʻlariga qaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.