Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 54-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash

Roʻyxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi mol-mulkni baholovchi tashkilotni jalb etadi, ushbu moddaning uchinchi , toʻrtinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Davlat ijrochisi alohida koʻchar mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno. Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan taʼminlangan majburiyatlarni ijro etishda undiruv ushbu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, garovga qoʻyilgan mol-mulk sud tomonidan majburiy tarzda baholashdan oʻtkaziladi hamda ushbu kimoshdi savdosidagi boshlangʻich realizatsiya qilish narxi sud qarori bilan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aniqlangan miqdorda belgilanadi. Qimmatli qogʻozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa roʻzgʻor buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy sanʼat hamda haykaltaroshlik asarlari mutaxassislar albatta ishtirok etgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda baholanishi, keyin (uch ish kuni ichida) masʼuliyatli saqlash uchun bankka yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga yoxud investitsiya vositachisiga topshirilishi kerak, muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini taʼminlovchi boshqa ixtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno. Fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati tegishli qimmatli qogʻozlar oʻzida birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan va qonunchilikka muvofiq kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qogʻozlar kotirovkalariga doir