Uchinchi navbatda realizatsiya qilinadigan davlatga qarashli mol-mulk xatlab qoʻyilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilgandan keyin uch kunlik muddat ichida xatlangan mol-mulkning tarkibi va qiymati toʻgʻrisidagi, shuningdek undiruvchining talablari summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda qarzdorning mol-mulki xatlanganligi haqidagi xabarnomani davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega organning tegishli hududiy boʻlinmasiga yuboradi. Mazkur xabarnomaning nusxasi qarzdor yuridik shaxs tomonidan budjetga toʻlovlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar amalga oshirilishini nazorat qiluvchi soliq organiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sudda ish yuritish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ijro ishi yuritish va undiruv qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilish masala mohiyatan iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib turiladi.