Undiruv quyidagi hollarda qarzdorning ish haqiga yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratiladi: davriy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishda; mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdordagi, shu jumladan yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlari boʻyicha ushbu miqdordagi pul summasini undirishda; undirilayotgan summalarni toʻliq uzish uchun qarzdorning mol-mulki boʻlmaganda yoki uning mol-mulki yetarli boʻlmaganda. Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki oʻzga shaxslar undiruvchidan yoxud davlat ijrochisidan ijro hujjatini olgan kundan eʼtiboran qarzdor jismoniy shaxsning ish haqi va boshqa daromadlaridan pul mablagʻlarini ijro hujjatidagi talablarga muvofiq ushlab qolishi shart. Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs ushlab qolingan pul mablagʻlarini undiruvchiga toʻlov amalga oshirilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida toʻlashi yoki oʻtkazishi shart. Pul mablagʻlarini toʻlash va oʻtkazish qarzdor hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, u oʻqishni bitirganda (boshqa joyga oʻtkazilganda), pensiya va boshqa daromadlar olish joyidan ketganda, qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs bu haqda darhol davlat ijrochisiga xabar berishi va amalga oshirilgan undiruvlar toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan ijro hujjatini unga qaytarishi shart. Qarzdor jismoniy shaxs yangi ish, oʻqish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi toʻgʻrisida darhol davlat ijrochisiga va undiruvchiga xabar berishi shart. Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs ijro hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri ijro etilishini, ularning hisobini va saqlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqla