Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish boʻyicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yigʻimi undiriladi. Davlat ijrochisining ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha ijro ishiga qoʻshib qoʻyiladi va alohida ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatmasdan ijro etiladi. Ijro yigʻimining miqdori va undirilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.