Oʻrta maxsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, alohida hollarda esa, boshqa mutaxassislikdagi oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar davlat ijrochisi boʻlishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi katta davlat ijrochisi boʻlishi mumkin. Quyidagilarni: Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari (bundan bosh inspektorlar mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi; Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi; Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining boshqa xodimlarini, hududiy boshqarmalarining tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi; Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi; Majburiy ijro byurosi hududiy boʻlinmalarining boshqa xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi hokimiyat vakilidir va u xizmat majburiyatlarini bajarayotganida qonunchilikda prokuratura organlari uchun nazarda tutilgan formali kiyim-bosh kiyadi. Davlat ijrochilariga qonunchilikda belgilangan tartibda prokuratura organlari xodimlarining mansab darajalari beriladi. Majburiy ijro byuros