Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 87-modda. Davlat ijrochisining talablarini bajarishning majburiyligi

Davlat ijrochisining oʻz vakolatlari doirasidagi talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Davlat ijrochilari oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va hujjat nusxalari ularning talabiga koʻra bepul va davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etiladi. Davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.