Davlat ijrochilari respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat majburiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi kerak. Davlat ijrochilari oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan yoki ularning sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan yohud ular halok boʻlgan taqdirda davlat ijrochisiga yoki halok boʻlgan shaxsning oilasiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi. Davlat ijrochilari oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bogʻliq holda ularning mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanib, bu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.