Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 90-modda. Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti

Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti Majburiy ijro byurosi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Majburiy ijro byurosi organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Majburiy ijro byurosiga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, boʻyoqlarning rangli grafik sxemalariga ega boʻlgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan taʼminlanadi. Davlat ijrochilarining faoliyatini qoʻshimcha moliyalashtirish va moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash maqsadida jamgʻarma tuzilishi mumkin. Ushbu jamgʻarmani tashkil etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.