Sudlar toʻgʻrisida 14-modda. Sud himoyasida boʻlish huquqi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlaridan, harakatlari va harakatsizligidan, shu jumladan ularning qarindoshlari sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar munosabati bilan huquqlarining cheklanishidan, shuningdek hayoti va sogʻligʻi, shaʼni hamda qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida boʻlish huquqiga ega. Yuridik shaxslar ham sud himoyasida boʻlish huquqiga egadir.