Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi: oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sifatida koʻradi; tumanlararo, tuman, shahar sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; sud amaliyoti va sud statistikasini umumlashtiradi, ularning tizimli tahlilini amalga oshiradi; sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi; sudyalar va sud apparati xodimlari malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.