Sudlar toʻgʻrisida 35-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosatining vakolatlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati: sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini koʻrib chiqadi; rais oʻrinbosarlari — sudlov hayʼatlari raislarining sudlov hayʼatlari faoliyati haqidagi maʼruzalarini eshitadi; tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarining shu sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi va qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqidagi maʼruzalarini eshitadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.