Sudlar toʻgʻrisida 39-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudining, tumanlararo iqtisodiy sudning tarkibi

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi. Jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi rais, sudyalar, tergov sudyalari va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi. Tumanlararo iqtisodiy sud rais va sudyalardan iborat boʻladi. Tarkibi olti sudyadan ortiq tumanlararo, tuman, shahar sudida sud raisining oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi. Bir tarkibli tumanlararo, tuman, shahar sudi sud raisidan iborat boʻladi.