Sudlar toʻgʻrisida 4-modda. Sudning asosiy vazifalari

Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini taʼminlashga qaratilgandir.