Sudlar toʻgʻrisida 48-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudining vakolatlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi: oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sifatida koʻradi; tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; sud amaliyoti va sud statistikasini umumlashtiradi, ularning tizimli tahlilini amalga oshiradi; sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi; sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.