Tumanlararo maʼmuriy sud davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyatlar va arizalar boʻyicha maʼmuriy nizolarni, shuningdek qonun bilan oʻz vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni koʻrib chiqadi.