Tumanlararo maʼmuriy sud raisi: sud majlislarida raislik qiladi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi; sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi; sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi. Tumanlararo maʼmuriy sud raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Tumanlararo maʼmuriy sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini rais oʻrinbosari bajaradi, u yoʻqligida esa sud raisining vakolatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.