Sudlar toʻgʻrisida 63-modda. Sudyalarning mustaqilligini taʼminlash

Sudyalarning mustaqilligi quyidagilar orqali taʼminlanadi: ularni qonunda belgilangan tartibda lavozimga saylash, tayinlash, sudyalik vakolatlarini toʻxtatib turish va tugatish; sudyaning daxlsizligi; odil sudlovni amalga oshirishdagi qatʼiy tartib-taomil; qarorlarni chiqarish chogʻida sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi; sudyaga hurmatsizlik qilganlik, odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha faoliyatga aralashganlik va sudyaning daxlsizligini buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlik; sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy taʼminot berish. Sudyaning mustaqilligini cheklaydigan qonunchilik hujjatlari qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Sudya, uning oila aʼzolari va ularning mol-mulki davlatning alohida himoyasida boʻladi.