Sudlar toʻgʻrisida 75-modda. Sudyaga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻatish

Sudyaga nisbatan intizomiy ish tegishli sudyalar malaka hayʼati tomonidan sudya ushbu Qonun 74-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etilgani toʻgʻrisidagi ariza yoki xabar boʻyicha oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra qoʻzgʻatilishi mumkin.