Uy-joyga muhtoj boʻlgan sudya mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda sud joylashgan yerda xizmat turar joyi bilan taʼminlanadi. Sudya unga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda turar joy berilgunga qadar turar joy arendasi, ijarasi (ikkilamchi ijarasi) bilan bogʻliq xarajatlari kompensatsiya qilinishi huquqiga ega.