Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 10-modda. Sugʻurta (qayta sugʻurta) sherikchiligi

Sugʻurta (qayta sugʻurta) sherikchiligi deganda sugʻurtaning ayrim turlari yoki sugʻurta tavakkalchiliklari boʻyicha sugʻurta faoliyatini birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida birgalikda amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilar birlashmasi tushuniladi. Sugʻurta sherikchiligi oʻz ishtirokchilarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, ular tomonidan miqdori bitta sugʻurta tashkilotining oʻz mablagʻlaridan (kapitalidan) oshib ketishi mumkin boʻlgan sugʻurta tovonlari boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun tashkil etiladi hamda birgalikdagi sugʻurta yoki qayta sugʻurta prinsiplari asosida faoliyat koʻrsatadi. Qayta sugʻurta sherikchiligi sherikchilik aʼzolari tomonidan qayta sugʻurtani sugʻurta shartnomasi boʻyicha ularda qoldirilgan mablagʻlaridan oshadigan qismi boʻyicha amalga oshirish orqali sherikchilik aʼzolarining moliyaviy imkoniyatlarini koʻpaytirish uchun tashkil etiladi.