Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 30-modda. Sugʻurta qoidalari

Sugʻurta qoidalari (bundan xalqaro sugʻurta tizimlari doirasida qabul qilinadigan sugʻurta qoidalari mustasno) sugʻurtalovchi yoki sugʻurtalovchilarning birlashmasi tomonidan qabul qilinadi hamda tasdiqlanadi va sugʻurtaning asosiy qoidalarini oʻz ichiga olishi kerak. Sugʻurtaning asosiy qoidalari quyidagi tushunchalarni oʻz ichiga olishi kerak: sugʻurta subyektlari; sugʻurta obyektlari; sugʻurta hodisalari; sugʻurta tavakkalchiliklari; sugʻurta summasi, sugʻurta tarifi va sugʻurta mukofotini (sugʻurta badallarini) aniqlash tartibi; sugʻurta shartnomalarini tuzish, bajarish va tugatish tartibi; taraflarning huquq va majburiyatlari; zararlarning yoki ziyonning miqdorini aniqlash tartibi; sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) aniqlash tartibi; sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) amalga oshirish muddatlari, shuningdek sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) rad etish asoslarining batafsil roʻyxati va boshqa qoidalar.