Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 38-modda. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga, ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushiga ega boʻlgan mulkdorlariga va benefitsiarlariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar

Quyidagi shaxslar sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining rahbari (bosh buxgalteri) etib tayinlanishi, shuningdek sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining ustav fondida (ustav kapitalida) ancha ulushiga ega boʻlgan mulkdori va benefitsiari boʻlishi mumkin emas: rahbar (bosh buxgalter) tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilinishiga olib kelganligi haqidagi faktlar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu yuridik shaxs bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytga qadar bir yil davomida yuridik shaxsning rahbari (bosh buxgalteri) boʻlgan; terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan; iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar hamda terrorizmni moliyalashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining ustav fondida (ustav kapitalida) ancha ulushga ega boʻlgan mulkdorlariga hamda benefitsiarlariga qoʻyiladigan talablarni amalga oshirish mexanizmi, shuningdek sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) va sugʻurta brokeri ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushi miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.

5-bob. Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ularning faoliyatini litsenziyalash, ularni qayta tashkil etish va tugatish