Sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish vakolatli davlat organining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun vakolatli davlat organiga tegishli ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: muassislar (ishtirokchilar) yoki qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis hujjatlarida qayta tashkil etish vakolati berilgan sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) boshqaruv organining qarorini; tashkil etilayotgan sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) balansini va uning faoliyatining moliyaviy natijalari prognozini; qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shartnomasining loyihasini (qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda). Sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etishni amalga oshirishga doir ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida vakolatli davlat organi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) yozma ravishda yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hujjat shaklida xabardor qilishi shart. Vakolatli davlat organi sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma berishni quyidagi hollarda rad etishga haqli, agar: sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etish natijasida ularning moliyaviy barqarorligiga doir talablar buzilishi mumkin boʻlsa; sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) qayta tashkil etilishi sugʻurta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga olib kelishi mumkin boʻlsa; sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma berilishini soʻrab taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar boʻlsa yoki bu hujjatlar qonunchilikka muvofiq boʻlm