Birgalikdagi sugʻurta deganda bitta sugʻurta shartnomasi boʻyicha ayni bir obyektni bir nechta sugʻurtalovchi tomonidan birgalikda sugʻurta qilish tushuniladi. Sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurtalangan shaxslar, naf oluvchilar sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda, bunday shartnomada koʻrsatilgan istalgan sugʻurtalovchiga sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilishga haqli. Litsenziyasida tegishli sugʻurta klassi koʻrsatilmagan sugʻurta tashkilotining birgalikdagi sugʻurta faoliyatida ishtirok etishi taqiqlanadi.