Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 4-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va kooperativ xoʻjaliklar, shuningdek ayrim shaxslar xoʻjalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak: insonning yashash muhiti boʻlmish biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida gʻamxoʻrlik qilish; fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega boʻlish huquqini taʼminlash, barcha turdagi taʼlim muassasalarida ekologiya oʻquvining majburiyligi; jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uygʻunlashtirish; tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq toʻlash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq toʻlamaslik; ekologiya ekspertizasi oʻtkazishning majburiyligi; tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni ragʻbatlantirish; tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab boʻlmas oqibatlarga yoʻl qoʻymaslik; tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda oshkoralik; tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uygʻunlashtirish; tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablarini buzganlik uchun javobgar boʻlish.