Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 47-modda. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Tubandagi hollarda: tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarini buzishda, shu jumladan korxonalar, inshootlar, transport vositalari va boshqa obyektlarni rejalashtirish, qurish, rekonstruksiyalash, ulardan foydalanish yoki ularni tugatish chogʻida, ekologiya nuqtai nazaridan xavfli mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda hududning belgilab qoʻyilgan ekologiya sigʻimini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda; tabiiy boyliklardan oʻzboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda; tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan toʻlovni, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zararli taʼsir koʻrsatishning boshqa turlari uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlashdan bosh tortganlikda; tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish rejalarini, tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda; atrof tabiiy muhitni tiklash, unga boʻladigan zararli taʼsir oqibatlarini bartaraf etish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini koʻrmaganlikda; tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan idoralarning koʻrsatmalarini bajarmaganlikda; tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy rejimini buzganlikda; atrof tabiiy muhitga zararli taʼsirni hisobga olish qoidalarini buzganlikda; chiqindilarni, kimyolashtirish vositalarini, shuningdek radioaktiv va zararli kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish va koʻmib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning obyektlarga borishiga, ayrim shaxslar va tabiatni muhofaza qilish jamoat tashkilotlariga esa oʻz huquq va vazifalarini roʻyobga chiqarishlariga toʻsqinlik qilganlikda; atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot