Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 57-modda. Ifloslantiruvchi moddalarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlaganlik

Ifloslantiruvchi moddalarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlaganlik uchun atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning IV toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining ikki baravari, III toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — toʻrt baravari, II toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — olti baravari, I toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — oʻn baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.