Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 8-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi

Oʻzbekiston Respublikasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat boshqaruvi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.