Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida 32-modda. Natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno boʻlib, unda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulk qiymati toʻlanadi. Rekvizitsiya toʻgʻrisidagi qaror davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qabul qilinadi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.