Taʼlim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlanadi. Taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlariga qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi belgilanadi, haq toʻlanadigan har yilgi uzaytirilgan taʼtil va boshqa imtiyozlar va kafolatlar taqdim etiladi. Taʼlim tashkilotlarining pedagog va boshqa xodimlariga sanitariya-gigiyenaga oid, epidemiyaga qarshi hamda profilaktika choralari bilan amalga oshiriladigan sogʻliqni saqlash kafolatlanadi. Taʼlim tashkilotlari mehnatga haq toʻlash uchun mavjud boʻlgan mablagʻlar doirasida mustaqil ravishda ish haqiga, lavozim maoshlariga tabaqalashtirilgan ustamalar belgilashga va mehnatga haq toʻlash hamda uni ragʻbatlantirishning turli shakllarini qoʻllashga haqli.