Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim umumtaʼlim oʻquv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda koʻnikmalarni oʻzlashtirishga qaratilgan. Umumiy oʻrta taʼlim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat: boshlangʻich taʼlim (I — IV sinflar); tayanch oʻrta taʼlim (V — IX sinflar); oʻrta taʼlim (X — XI sinflar). Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinadi. Boshlangʻich taʼlim taʼlim oluvchilarda umumiy oʻrta taʼlimni davom ettirish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim, malaka va koʻnikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Tayanch oʻrta taʼlim oʻquv dasturiga muvofiq taʼlim oluvchilarga bilim, malaka va koʻnikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Tayanch oʻrta taʼlim doirasida (VII sinfdan soʻng) taʼlim oluvchilarda kasblar boʻyicha birlamchi bilim va koʻnikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha choralar amalga oshiriladi. Oʻrta taʼlim oʻquv dasturiga muvofiq taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʻnikmalar oʻzlashtirilishini, shuningdek taʼlimning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini taʼminlaydi. Professional tashxislash va kasb-hunarga yoʻnaltirish, shuningdek taʼlim oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi. Umumiy oʻrta taʼlim umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy boʻlgan oʻn bir yil davomida amalga oshiriladi. Oʻrta maxsus taʼlim akademik litseylarda toʻqqiz yillik tayanch oʻrta taʼlim asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va taʼlim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-xunarga va shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim olishini taʼminlaydi. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻz faoliyatini litsenziya asosida, davlat taʼlim standartiga m