Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tashqi boshqaruv rejasiga muvofiq mol-mulkning bir qismi sotilishi mumkin. Mol-mulkning bir qismi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotiladi. Qarzdor mol-mulkining bir qismi sotilishi qarzdorning oʻz xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishini imkonsiz qilib qoʻymasligi kerak. Qarzdorning muomalada boʻlishi cheklangan mol-mulki qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega boʻla oladigan shaxslar ishtirokida elektron onlayn-auksion shaklidagi yopiq kimoshdi savdosi oʻtkazish orqali realizatsiya qilinadi. Elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan mol-mulkning bir qismini sotishda boshlangʻich narx, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdorning mol-mulkini baholovchi tashkilot oʻtkazgan baholash hisobga olingan holda kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi qarori bilan belgilanadi. Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish boʻyicha elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi ushbu Qonunning 126-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. Xaridor oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, tashqi boshqaruvchi qarzdor mol-mulkining bir qismini kreditorlar yigʻilishining roziligiga koʻra, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli. Tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida tashqi boshqaruvchi kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan qarzdorning arzonbaho va tez ishdan chiqadigan mol-mulkini, shuningdek xomashyo hamda tayyor mahsulot qoldiqlarini elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi oʻtkazmagan holda, oldi-sotdi shartnomalari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri sotishga haqlidir. Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotishdan tushgan mablagʻlar ushbu Qonunning 149 , 150 va 185-moddalarida nazarda tutilgan navbat t