Qarzdorning talab qilish huquqlaridan oʻzganing foydasiga voz kechish, agar tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, talab qilish huquqlarini tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining roziligi bilan elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshirilishi mumkin. Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning talab qilish huquqlarini elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi oʻtkazmasdan muayyan xaridorga sotish imkoniyati nazarda tutilgan boʻlsa yoki talab qilish huquqlari elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotilmagan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi talab qilish huquqlarini sotish narxini va bunday sotuvning boshqa shartlarini belgilaydi.