Kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilishi kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asos boʻladi. Kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish haqidagi sud ajrimida kreditorlar bilan hisob-kitoblarning tamomlanish muddati belgilanadi, bu muddat mazkur ajrim chiqarilgan sanadan eʼtiboran olti oydan oshmasligi kerak. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallanganidan va tashqi boshqaruvchining hisoboti kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlariga koʻra sud tomonidan koʻrib chiqilganidan keyin tugatiladi. Agar sud tomonidan belgilangan muddatda kreditorlar bilan hisob-kitoblar amalga oshirilmagan boʻlsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qiladi.