Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 144-modda. Tugatish boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari

Tugatish boshqaruvchisi tayinlangan kundan eʼtiboran unga qarzdorning ishlarini boshqarish hamda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish boʻyicha barcha vakolatlar oʻtadi. Tugatish boshqaruvchisi quyidagilarga haqli: qarzdorning mol-mulkini ushbu Qonunning 118-moddasiga muvofiq tasarruf etishga; xodimlar bilan, shu jumladan qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini tugatishga; qarzdorning shartnomalarini bajarishni ushbu Qonunning 119-moddasida belgilangan tartibda rad etishga; tugatishga doir ish yuritish bilan bogʻliq boʻlgan joriy xarajatlarni moliyalashtirish uchun kreditorlarning yigʻilishi bilan kelishuvga muvofiq kreditlar olishga; qarzdor tomonidan tuzilgan bitimlarni, agar qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida daʼvolar taqdim etishga; davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasdan foydalanishga; oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasdan qarzdorlarning koʻchmas mulkiga oid kadastr hujjatlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirishga; qarzdor korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, davlat soliq xizmati organlari uchun ochiq boʻlgan hisobotlardan, tekshirish dalolatnomalaridan va ishi bilan bogʻliq boshqa materiallardan foydalanishga; qarzdorni toʻlovga qobiliyatsizlik holatiga olib kelganligi munosabati bilan uning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlari hamda yigʻimlari yuzasidan subsidiar javobgar boʻladigan shaxslarga nisbatan talablar qoʻyishga. Mazkur talablarning miqdori kreditorlar talablarining summasi bilan tugatish massasi oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadi. Undirilgan summalar tugatish massasiga qoʻshiladi va ulardan faqat kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun ushbu Qonunning 149 , 150 va 185-moddalarida belgilangan tartibda foydalanilishi mumkin. Tugatish boshqaruvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarg