Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kreditorlar yigʻilishining qarori asosida qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish, basharti shunday qaror qabul qilinishini yoqlab barcha kreditorlar kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq ovoz bersa, amalga oshirilishi mumkin. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning aktivlarini joylashtirish uchun qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining roziligi talab qilinmaydi. Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish ushbu Qonunning 131-moddasida belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.