Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 163-modda. Kelishuv bitimini rasmiylashtirish

Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi. Qarzdor nomidan kelishuv bitimi tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor, qarzdorning rahbari yoki sud boshqaruvchisi tomonidan imzolanadi. Kreditorlar nomidan kelishuv bitimini kreditorlar yigʻilishi tomonidan vakolat berilgan shaxs imzolaydi. Agar kelishuv bitimida uchinchi shaxslar ishtirok etayotgan boʻlsa, ularning nomidan kelishuv bitimi ushbu shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.