Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 167-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni sud tomonidan rad etish

Ushbu Qonun 165-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlarning oʻrnini qoplashga va talablarni qanoatlantirishga doir majburiyatlar bajarilmagan taqdirda sud kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi. Sud quyidagi hollarda ham kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi: kelishuv bitimini tuzishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilganda; kelishuv bitimining shakliga rioya etilmaganda; uchinchi shaxslarning huquqlari buzilganda; kelishuv bitimining shartlari qonunchilikka zid boʻlganda. Sud kelishuv bitimini tasdiqlash rad etilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.