Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 168-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish oqibatlari

Sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqarilgan taqdirda bitim tuzilmagan deb hisoblanadi. Sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimning chiqarilishi yangi kelishuv bitimini tuzishga toʻsqinlik qilmaydi.