Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 169-modda. Kelishuv bitimining haqiqiy emasligi

Qarzdorning, kreditorning, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslarning arizasiga koʻra kelishuv bitimi quyidagi hollarda sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin: agar kelishuv bitimi ayrim kreditorlar uchun afzalliklar berilishini yoki ayrim kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlarni oʻz ichiga olgan boʻlsa; bitimlar haqiqiy emasligining qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslari mavjud boʻlganda.