Qishloq xoʻjaligi korxonalarining toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilguniga qadar ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda sudgacha sanatsiya qilish qoʻllanilishi mumkin. Qishloq xoʻjaligi korxonasining toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ham ishda ishtirok etuvchi shaxslar boʻlishi mumkin.