Qarzdor bank kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga qodir boʻlmagan taqdirda yuzaga keladigan munosabatlar hamda banklarning toʻlovga qobiliyatsizligi bilan bogʻliq masalalar “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Bankka nisbatan sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari joriy etilmaydi. Ushbu Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Omonatlarni kafolatlash agentligi ham bankning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslardir.