Kreditorlar qoʻmitasi kreditorlarning manfaatlarini ifoda etadi hamda sud boshqaruvchilarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan nazoratni amalga oshiradi. Kreditorlar qoʻmitasi tarkibiga kreditorlar yigʻilishi tomonidan belgilanadigan miqdorda kreditorlar vakillari kiritiladi. Agar kreditorlar soni yigirmatadan kam boʻlsa, kreditorlar qoʻmitasining vazifalari kreditorlar yigʻilishining qarori bilan kreditorlar yigʻilishi zimmasiga yuklatish nazarda tutilishi mumkin. Oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kreditorlar qoʻmitasi quyidagilarga haqli: sud boshqaruvchisidan qarzdorning moliyaviy ahvoli va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining borishi toʻgʻrisida axborot taqdim etishni talab qilishga; sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat berishga; toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etish uchun oʻz vakilini saylashga; ushbu Qonunda va sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga. Kreditorlar qoʻmitasi quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli: kreditorlar yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi qaror; sud boshqaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etishni kreditorlar yigʻilishiga tavsiya qilish haqidagi qaror; qarzdorning yirik bitimlarini hamda amalga oshirilishidan qarzdor manfaatdor boʻlgan bitimlarini tasdiqlash yoki ularni tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror. Kreditorlar qoʻmitasining majlisida masalalarni hal etishda kreditorlar qoʻmitasining har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi. Kreditorlar qoʻmitasining aʼzosi ovoz berish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Kreditorlar qoʻmitasining qarorlari kreditorlar qoʻmitasi aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Kreditorlar qoʻmitasi majlislarida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor