Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 205-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini joriy etish oqibatlari

Sud tomonidan jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish va jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran: kreditorlarning pul majburiyatlari va soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha qarziga doir talablarini qanoatlantirishga nisbatan moratoriy joriy etiladi; kreditorlarning pul majburiyatlari, soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlash toʻgʻrisidagi talablar (bundan joriy toʻlovlar mustasno), shuningdek mulk huquqini eʼtirof etish, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish hamda bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi, oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydigan bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi talablar faqat ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin; jismoniy shaxsning taqiq qoʻyilgan mol-mulkiga nisbatan ilgari belgilangan cheklovlar olib tashlanadi, jismoniy shaxsning mol-mulkiga nisbatan taqiq qoʻyish va uning mol-mulkiga nisbatan boshqa cheklovlar faqat jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish doirasida qoʻllanilishi mumkin; ijro hujjatlarini, xususan, undiruvni jismoniy shaxsning mol-mulkiga qaratish boʻyicha ijro hujjatlarini bajarish toʻxtatib turiladi, bundan hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish, mazkur mol-mulkka egalik qilishga doir taqiqlarni olib tashlash, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini tan olish, alimentlarni undirish, shuningdek garovga qoʻyilgan mol-mulkni undirish haqidagi ijro hujjatlari mustasno. Sud kreditorning yoki moliyaviy boshqaruvchining iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga muvofiq kreditorlar talablarini va jismoniy shaxs manfaatlarini taʼminlashga doir choralar koʻrishga, shu jumladan jismoniy shaxs mol-mulkining bir qismini tasarruf etishga nisbatan taqiq qoʻyishga, jumladan jismoniy