Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 212-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlashni rad etish uchun asoslar

Sud quyidagi hollarda jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, agar: jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi ushbu Qonunning 208-moddasi talablariga javob bermasa; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasida kreditorlarni va tegishli vakolatli organni ushbu shaxsning mulkiy holatida yuz bergan jiddiy oʻzgarishlar haqida xabardor qilish tartibi belgilanmagan boʻlsa; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi ushbu Qonun talablariga muvofiq kreditorlar yigʻilishi tomonidan tasdiqlanmagan boʻlsa, bundan ushbu Qonunning 211-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasida va unga ilova qilinadigan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlsa; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasining shartlari ushbu Qonunga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga zid boʻlsa.