Jismoniy shaxsning mulkiy holati yaxshilangan taqdirda, kreditorlar yigʻilishi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga oʻzgartishlar kiritish haqidagi iltimosnomada quyidagilar koʻrsatiladi: kreditorlarning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilgan talablarini mazkur rejaga nisbatan rejalashtirilganidan qisqaroq muddatda va (yoki) koʻproq muddatda qanoatlantirish imkoniyati; jismoniy shaxsning mulkiy holati uning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi tasdiqlangan sanadagi mulkiy holatiga nisbatan yaxshilanganligi dalillari aniqlanganligi; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga oʻzgartishlar kiritishga doir takliflar. Kreditorlar yigʻilishining jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi qarori ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Sud jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi haqidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarni jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi koʻrib chiqiladigan sana haqida xabardor qiladi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir boʻlmasligi iltimosnomani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasini koʻrib chiqish natijalariga koʻra sud quyidagi ajrimlardan birini qabul qiladi: jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilgan oʻzgartishlarni tasdiqlash haqida; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilgan oʻzgartishlarni tasdiq