Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 220-modda. Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishning oʻziga xos xususiyatlari

Jismoniy shaxsning mol-mulki xatlovdan va baholashdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran bir oy muddat ichida moliyaviy boshqaruvchi jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishning tartibi va shartlarini mol-mulkni sotishning boshlangʻich narxini koʻrsatgan holda sudga taqdim etishi shart. Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartibi, shartlari va muddatlari sud tomonidan tasdiqlanadi hamda qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish ushbu Qonunning 126 , 127 va 151-moddalarida belgilangan qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartibi, shartlari va muddatlarini tasdiqlash haqida hamda mol-mulkning boshlangʻich sotish narxini belgilash toʻgʻrisida sudning ajrimi chiqariladi. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan mol-mulkka nisbatan sudning alohida ajrimi chiqariladi, uning ijrosi ushbu mol-mulk oʻz hududida joylashgan davlatning protsessual qonunchiligi qoidalariga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining ushbu mol-mulk oʻz hududida joylashgan davlat bilan tuzilgan xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Jismoniy shaxsning tugatish massasiga kiritilgan mol-mulkini baholash moliyaviy boshqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Oʻtkazilgan baholash yuzasidan jismoniy shaxs, kreditorlar, jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishda vakolatli boʻlgan organ tomonidan nizolashilishi mumkin. Kreditorlar yigʻilishi qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkini baholashni ushbu Qonunga muvofiq baholovchi tashkilotni jalb etgan va ushbu baholashni oʻtkazishga doir xarajatlar uchun tegishli qaror qabul qilinishini yoqlab ovoz bergan shaxslar hisobidan haq toʻlagan holda oʻtkazish haqida qaror qabul qilishga haqli. Agar kreditorlar yigʻilishining qarorida yoki sudning ajrimida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jismoniy shaxsning mol-mulki, ushbu mol-mulkning bir qismi mazkur Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auk